O'zbek Ўзбекча
«Manchester Yunayted» himoyachisi «Bayer»ga o‘tmoqda
Chorshanba, 13 Yanvar
4884

«Manchester Yunayted» himoyachisi Timoti Fosu-Mensa «Bayer» klubiga o‘tishga yaqin, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Manbaning yozishicha, nemis klubi 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Timotining «MYU» bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga yetishi bois, futbolchining transfer summasi 2 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi Germaniyaga yetib borgan va tez orada shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Fosu-Mensa 2014 yildan buyon «Manchester Yunayted» tizimida edi. Futbolchi bungacha «Kristal Pelas» va «Fulhem» safida ham ijara asosida to‘p surgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar