O'zbek Ўзбекча
Manba: Messi Ispaniya Superkubogi yarimfinalida maydonga tushmaydi
Chorshanba, 13 Yanvar
5463

Lionel Messi «Barselona»ning Ispaniya Superkubogi yarimfinali doirasidagi «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda ESPN.

Manbaning yozishicha, argentinalik futbolchi La Liga doirasidagi «Granada»ga qarshi uchrashuvdan (4:0) keyin o‘zini yaxshi his qilmayapti. Kataloniyaliklar hujumchisi Ronald Kuman qo‘l ostidagi ertalabki mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmagan.

Ma’lumot uchun, «Real Sosedad» - «Barselona» uchrashuvi bugun, 13 yanvar kuni o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00ga belgilangan. Yarimfinal doirasidagi ikkinchi juftlikda «Real» 14 yanvar kuni «Atletik»ga qarshi maydonga tushadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar