O'zbek Ўзбекча
Levandovski: «Kimmix – jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin»
Chorshanba, 13 Yanvar
1721

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski klubdoshi Yozua Kimmixni jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun barcha imkoniyatga ega ekanligini aytdi.

«Yosh futbolchilar orasidan Yozua Kimmix jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin. Buning uchun unda barcha imkoniyat bor. Germaniyada iqtidorli futbolchilar talaygina, ular o‘z kuchlarini to‘g‘ri yo‘naltirishsa, ko‘p marralarni zabt etishadi. Men ularga yordam berishdan faqat xursand bo‘lardim», - deydi Levandovskogo Sport Bild bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Robert Levandovski 2020 yilda Polshaning eng yaxshi sportchisi deb topilgandi. Shuningdek, Marca, The Guardian, Globe Soccer «Bavariya» futbolchisini 2020 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar