Fransiyaning «Nitssa» klubi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Jessi Lingardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda Sky Sports.
Manbaning yozishicha, fransuzlar angliyalik yarimhimoyachini ijaraga olish borasida muzokara boshlagan. Bungacha Lingardga «Tottenhem», «Portu», «Real Sosedad» va «Sheffild Yunayted» klublari qiziqish bildirayotgandi.
Ma’lumot uchun, Jessi APL joriy mavsumida haligacha birorta o‘yinda maydonga tushmagan. Lingard faqatgina Angliya liga kubogi doirasida ikki o‘yinda maydonga tushgan. Transfermarkt futbolchining transfer bahosini 10 million yevroga baholagan.