O'zbek Ўзбекча
«Barselona» sobiq prezidenti: «Ronaldu transferidan voz kechganimizdan hozirgacha afsuslanmayman»
Chorshanba, 13 Yanvar
8802

«Barselona» sobiq prezidenti, hozirda prezidentlik uchun o‘z nomzodini qo‘ygan Joan Laporta 2003 yilda Krishtianu Ronalduning «Barselona»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi.

«Ronaldino va Markesni sotib olish arafasida Rafaning agentlari bizga Krishtianu Ronalduni ham tavsiya qilishgandi. O‘shanda u «Sporting»da to‘p surardi. Agentlardan biri «Manchester Yunayted» portugaliyalik futbolchiga 19 million taklif qilgani, agar biz olsak hali ham 17 million yevroga sotib olish mumkinligini aytgandi. Biroq o‘shanda Ronaldino uchun pulni sarflab bo‘lgandik. Krishtianu markazdan ko‘ra, qanotda ko‘proq o‘ynardi. Ronaldino transferi orqali kerakli nuqtalarni kuchaytirganimiz sababli Ronalduning transferidan voz kechgandik. Bu transfer amalga oshmaganidan hozirgacha afsuslanmayman», - deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu dastlab «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga, Angliyadan «Real»ga o‘tib, u yerdan 2018 yilda «Yuventus» safiga borib qo‘shilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar