O'zbek Ўзбекча
«Bayer» Fosu-Mensa transferini e’lon qildi
Chorshanba, 13 Yanvar
1843

«Manchester Yunayted» himoyachisi Timoti Fosu-Mensa «Bayer»ga o‘tdi. 

Leverkuzen klubi niderlandiyalik 23 yoshli futbolchi bilan 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan bitim imzoladi. OAV'ning yozishicha, transfer narxi 1,8 mln funtni tashkil etgan.

Fosu-Mensa «MYU»da 5 mavsum davomida harakat qilib, APL doirasida 16ta bahsda maydonga tushdi. Shuningdek, ikki mavsumni  «Kristal Pelas» va «Fulhem»da ijarada o‘tkazdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar