O'zbek Ўзбекча
APL.  «Sheffild Yunayted» 18-turga kelib, mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi
Chorshanba, 13 Yanvar
5132

Angliya chempionatining 18-turida «Sheffild Yunayted» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qilib, mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi. Shu tariqa top-5 ligalarda g‘alaba qozonmagan jamoa qolmadi. 

«Sheffild» ochkolarini 5taga yetkazib, hamon so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. «Nyukasl» esa 19 ochko bilan 15-o‘ringa joylashgan.

APL,  18-tur

Sheffild Yunayted — Nyukasl 1:0
12 yanvar, «Bremell Leyn»
Gol: Sharp (72, penalti).
Sheffild Yunayted – Remsdeyl, Igan, Bashem (Bryuster, 51), Ampadu, Bogl, Flek, Osborn, Norvud, Landstrem, Berk (Sharp, 59), Makgoldrik (Jagelka, 90+5). 
Nyukasl – Darlou, Sher, Yedlin (Merfi, 84), Fernandes (Kerroll, 77), Klark, Freyzer, Hendrik, Heyden, Longstaff, Dammett (Ritchi, 74), Uilson.
Ogohlantirishlar: Freyzer (42), Darlou (69), Sharp (80), Sher (86), Makgoldrik (90), Heyden (90+5).
Chetlatish:  Freyzer (45).

O'xshash yangiliklar