O'zbek Ўзбекча
Javohir Sidiqov «Lokomotiv» futbolchisiga aylandi
Seshanba, 12 Yanvar
3790

2013 yil BAAda o‘tkazilgan U-17 jahon chempionatida porlagan yarimhimoyachi «temiryo‘lchilar» bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

«Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan «Lokomotiv» o‘z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to‘ldirib oldi. O‘tgan yil «Paxtakor» tarkibida to‘p tepgan Javohir Sidiqov ushbu mavsumni «Lokomotiv» libosida o‘tkazadi», - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Sidiqovning Oliy ligada debyuti 2016 yil ro‘y bergan. O‘shanda u «Paxtakor» safida ikki bahsda maydonga tushib, keyinchalik «Qo‘qon-1912»ga ijaraga berilgan va 2017-2018 yilgi mavsumlarni ham qo‘qonliklar safida o‘tkazgandi. Sidiqov o‘tgan yil «Paxtakor» safida Superligada 14 bor maydonga tushib, 3ta gol muallifi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar