O'zbek Ўзбекча
«MYU» darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi
Seshanba, 12 Yanvar
3842

«Manchester Yunayted» 21 yoshli darvozaboni Natan Bishop bilan bitimni uzaytirganini e’lon qildi. 

Yangi shartnoma 2023 yozigacha mo‘ljallangan. 

Ma’lumot uchun, Bishop mankunianliklar safiga 2020 yil yanvarda 4-divizion jamoasi «Sautend Yunayted»dan o‘tgan va hozircha asosiy jamoada o‘yin o‘tkazmagan.

Avvalroq «MYU» himoyachisi Timoti Fosu-Mensani «Bayer»ga ijaraga berishi,  «Nyukasl» qiziqish bildirayotgan Brendon Uilyamsni esa jamoada olib qolishi xabar berilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar