O'zbek Ўзбекча
«Milan» va «Yuventus» Skamakkaga qiziqmoqda. Turin klubi Dibala jarohat olgani sababli yanvardayoq yangi hujumchi topmoqchi
Seshanba, 12 Yanvar
7357

«Jenoa» klubida ijara asosida to‘p surayotgan Janluka Skamakka Italiya A Seriyasi grandlari e’tiboriga tushdi, deya xabar bermoqda Tuttosport.

Manbaning yozishicha, huquqiy jihatdan «Sassuolo»ga tegishli hujumchiga «Milan» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirgan. 22 yoshli italiyalik hujumchining ijara muddati mavsum yakunida tugaydi va futbolchini «Sassuolo» boshqa klubga sotib yuborishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, «Yuventus» forvardi Paulo Dibala jarohat olib safdan chiqqani bois, Turin klubi qishki transfer oynasidayoq jamoaga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. 

Shuningdek, «Milan» klubi ham Skamakkaning agenti bilan muzokarani boshlagan xabar qilingan. 

Ma’lumot uchun, Skamakka joriy mavsumda 15 o‘yinda maydonga tushib, 6ta golga mualliflik qilgan.

Avvalroq, «Yuventus» Eldor Shomurodovga qiziqayotgani haqida xabar qilingan, ammo «Jenoa» klubi prezidenti Enriko Pretsiozi yanvar oyida jamoani hech qaysi futbolchi tark etmasligini bildirgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar