O'zbek Ўзбекча
Fabio Kapello A Seriyada chempionlik uchun asosiy favoritni aytdi
Seshanba, 12 Yanvar
10820

«Milan» sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapelloning fikricha, A Seriya joriy mavsumida skudetto uchun asosiy favorit - «Inter».

«Mavsum boshidayoq «Inter»ni g‘oliblik uchun asosiy favorit sifatida ko‘rsatgandim va o‘sha fikrimda sobit qolaman. Antonio Konte qo‘l ostidagi tarkibini kuchaytirishiga hojat yo‘q, ayniqsa yevrokuboklardan chiqib ketgandan so‘ng. «Inter»ning hozirgi tarkibini boshqarishdan istalgan murabbiy xursand bo‘lardi. Bu jamoa uchun eng asosiysi kollektivni qanday boshqarish bo‘ladi. 

Dastlabki to‘rtlik uchun «Inter»dan tashqari, «Milan», «Yuventus», «Atalanta» va «Roma» kurash olib boradi», - deya Kapelloning so‘zlarini keltirmoqda Corriere dello Sport.

Ma’lumot uchun, «Inter» 17-turdan keyin 37 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Milan» esa 40 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar