O'zbek Ўзбекча
Diniyar Bilyaletdinov: «Spartak» «PSV»dan Hendriksni sotib olgani sababli Oston O‘runovni boshqa klubga transfer qilsa kerak»
Seshanba, 12 Yanvar
5746

«Spartak» va «Everton» klubi sobiq yarimhimoyachisi Diniyar Bilyaletdinovning fikricha, Moskva klubi legionerlar uchun belgilangan limit tufayli Oston O‘runovni boshqa klubga sotishga majbur bo‘ladi.

«Fikrimcha, Oston O‘runov boshqa klubga qo‘yib yuboriladi. U hali «Spartak»da ko‘p o‘ynamadi, o‘zini deyarli ko‘rsata olgani ham yo‘q. Qolgan legionerlar esa ozmi-ko‘p maydonga tushib, jamoaga yordam berishmoqda. Pedro Rosha ijaradan qaytayotganligini, klub «PSV»dan Yorrit Hendriksni taklif etganini inobatga olsak, Oston O‘runov jamoani tark etsa kerak. Chunki klubning legionerlar uchun 8talik limiti to‘lib qoladi. Qolaversa, Yorrit ham O‘runov singari ko‘proq tayanch yarimhimoyachisi sanaladi. Shuningdek, jamoada bu chiziqda o‘ynay oladigan Kral, Umarov, Zobnin bor. Shuncha futbolchi bor paytda ham Hendriks sotib olindimi, demak klub bu futbolchini uzoq vaqtdan buyon kuzatgan», - deydi Bilyaletdinov.

Ma’lumot uchun, O‘runov joriy mavsumda «Spartak» safida RPLda 8 o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar belgilangan.

Avvalroq, o‘zbekistonlik 20 yoshli yarimhimoyachiga «Rubin» va «Ufa» klubi qiziqish bildirayotgani, Moskva jamoasi Qozon klubidan O‘runov uchun 6 million yevro so‘ragani haqida xabar qilingandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar