O'zbek Ўзбекча
Diyego Simeone IFFHS talqiniga ko‘ra so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Mourino beshlik, Zidan o‘nlikda
Seshanba, 12 Yanvar
4569

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi murabbiylari nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, eng yaxshi murabbiy nomi Madridning «Atletiko» klubi ustozi Diyego Simeonega nasib qilgan. Ikkinchi o‘rindan esa «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joy olgan. Uchlikni «Liverpul»ning germaniyalik ustozi Yurgen Klopp egallagan.

Top-5 murabbiy ro‘yxatidan «Tottenhem» murabbiyi Joze Mourino va «Yuventus» sobiq murabbiyi Massimiliano Allegri joy olgan. 

So‘ngi 10 yillikning eng yaxshi murabbiylari o‘nligi (IFFHS):
1. Diyego Simeone.
2. Xosep Gvardiola.
3. Yurgen Klopp.
4. Joze Mourino.
5. Massimiliano Allegri.
6. Unai Emeri.
7. Zinedin Zidan.
8. Karlo Anchelotti.
9. Maurisio Pochettino.
10. Marselo Galyardo.

Teglar

O'xshash yangiliklar