O'zbek Ўзбекча
David De Xea: «Fergyuson davrida APL bosh sovrini uchun kurashgandim. Ko‘p vaqt o‘tdi, «MYU» bu safar imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligi kerak»
Seshanba, 12 Yanvar
2611

«Manchester Yunayted» golkiperi David De Xea manchesterliklarning Angliya Premer-ligasi joriy mavsumidagi chempionlik imkoniyati haqida gapirdi.

«Aleks Fergyuson davrida APL bosh sovrini uchun kurashgandim. O‘shandan keyin faqat bir necha marta chempionlik uchun kurasha oldik, xolos. Ammo oxirgi yillarda bu maqsaddan uzoq edik. Oradan ko‘p vaqt o‘tib, nihoyat bu mavsum chempionlik uchun kurashayapmiz. Biz bu safargi imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligimiz kerak. 

«MYU» har o‘yinga puxta tayyorlanib, faqat g‘alaba uchun o‘ynashi shart. Fikrimcha, jismonan va ruhan kuchli bo‘lsak, Premer-liga g‘olibligi uchun kurasha olamiz», - deydi «MYU»ning ispaniyalik futbolchisi.

Ma’lumot uchun, «MYU» bugun, 12 yanvar kuni APL 1-tur qoldirilgan o‘yini doirasida «Byornli» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv soat 01:15da boshlanadi. Ushbu bahsdagi g‘alaba «MYU»ni navbatdagi tur doirasidagi «Liverpul» bilan o‘yin oldidan peshqadamga aylantirish mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar