O'zbek Ўзбекча
«Barselona» sobiq futbolchisi «Alaves» bosh murabbiyiga aylandi
Seshanba, 12 Yanvar
6433

Abelardo Fernandes «Alaves» bosh murabbiyi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

50 yoshli mutaxassis yaqinda iste’foga chiqarilgan Pablo Machin o‘rniga ish boshlaydigan bo‘ldi. Abelardo bilan «Alaves» o‘rtasidagi shartnoma 2020/2021 yilgi mavsum yakuniga qadar imzolangan.

Ispaniya milliy jamoasi hamda «Barselona» sobiq futbolchisi sanalmish Abelardo 2017-2019 yillar davomida ham «Alaves» bosh murabbiy sifatida ishlagan. 

Ma’lumot uchun, «Alaves» La Liga 18-turidan keyin 18 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar