Angliya Kubogining 1/16 final bosqichiga qur’a tashlandi.
4-bosqichdayoq «MYU» va «Liverpul» o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘ldi. Ushbu o‘yin 23 yanvar kuni «Old Trafford»da bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, jamoalar bungacha 17 yanvarda APLning 19-turi doirasida «Enfild»da ham bahs yuritishadi.
1/16 final juftliklari:
Manchester Yunayted – Liverpul
Cheltenhem – Manchester Siti
Bornmut – Krouli
Suonsi – Nottingem Forest
Sauthempton / Shrusberi – Arsenal
Barnsli – Norvich
Chorli – Vulverhempton
Milluoll – Bristol Siti
Brayton – Blekpul
Uikom – Tottenhem
Fulhem – Byornli
Sheffild Yunayted – Plimut
Chelsi – Luton
Vest Hem – Donkaster
Brentford – Lester
Everton – Sheffild Uensdey
O‘yinlar 22-25 yanvar kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.