O'zbek Ўзбекча
Sulsher: «Pogba, Lindelyof, Shou va Bayi «Liverpul»ga qarshi o‘yinda safga qaytishiga umid qilyapman»
Dushanba, 11 Yanvar
2178

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Byornli» va «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan jarohatdan tiklanayotgan Viktor Lindelyof, Lyuk Shou, Erik Bayi va Pol Pogbaning maydonga qachon qaytishi haqidagi savolga javob berdi.

«Pogba, Lindelyof, Shou va Bayi «Byornli» bilan o‘yinda safga qayta olishiga ishonish qiyin. Bu futbolchilarimiz yakshanba kungi «Liverpul»ga qarshi muhim o‘yinimizda safga qaytishiga umid qilyapman», - deya Sulsherning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» 12 yanvar kuni APL 1-turi doirasidagi qoldirilgan «Byornli»ga qarshi safar uchrashuvida maydonga tushsa, 17 yanvar kuni «Enfild»da «Liverpul» mehmoni bo‘ladi. «Liverpul» va «MYU» hozirda 33 ochkodan jamg‘arib, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar