O'zbek Ўзбекча
Nunu Eshpiritu Santu: «Koronavirus tufayli yana tanaffus e’lon qilinsa, futbol avvalgidek bo‘lmaydi. Superliga paydo bo‘ladi, klublar yashash uchun kurashadi»
Dushanba, 11 Yanvar
2693

«Vulverhempton» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu koronavirus tufayli mavsum yana to‘xtab qolsa, bu og‘ir oqibatlarga olib kelishini aytib o‘tdi.

«Mavsumni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinsa, qo‘rqamanki, futbol endi avvalgidek bo‘lmaydi. Bu meni eng ko‘p xavotirga soladigan jihat.

Taqvim buzilib ketadi va mavsumni yakunlashning iloji bo‘lmaydi. Futbol yangi ko‘rinishga kela boshlaydi. Katta ehtimol bilan Superliga paydo bo‘ladi, yangi turnirlar ortidan klublar yashab qolish uchun kurashishadi.

Hozirda hamma bor kuchi bilan ishlayapti va biz mavsum davom etishi uchun kurashishimiz kerak. Bunday qiyin davrda hamma o‘z irodasini namoyish etishiga to‘g‘ri keladi. Agar barchamiz nolishda davom etsak, bunga javoban mavsum to‘xtatib qo‘yiladi. Bu esa futbolda ulkan asoratini qoldiradi», - deya «Vulverhempton» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

Teglar

O'xshash yangiliklar