O'zbek Ўзбекча
Dibala «Yuventus»ga ikki muhim o‘yinda yordam bera olmaydi
Dushanba, 11 Yanvar
3523

«Yuventu» A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan «Sassuolo»ga (3:1) qarshi bahsda jarohat olgan hujumchi Paulo Dibalaning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi. 

Argentinalik futbolchiga chap tizza medial kollateral bog‘lamining shikastlanishi tashxisi qo‘yildi. Tiklanish muddati — 15-20 kun.

Shu tariqa Dibala A Seriya doirasida «Inter» (17 yanvar), Italiya Superkubogida «Napoli» (20 yanvar) bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

27 yoshli forvard bu mavsumda A Seriyada 11ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar