O'zbek Ўзбекча
Zidan: «Osasuna» bilan o‘yin qoldirilishi kerak edi. Bunday sharoitda futbol o‘ynab bo‘lmaydi»
Yakshanba, 10 Yanvar
6281

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga doirasida «Osasuna»ga (0:0) qarshi uchrashuv haqida to‘xtaldi.

«Bunday maydonda imkoniyatimizda bo‘lgan barcha ishni qildik, ammo hammasi oxir oqibat biz uchun qoniqarsiz tugadi. Bu futbol emas. Qor ostida futbol o‘ynash qiyin. Endi Madridga qachon qayta olishimizni ham bilmaymiz. 

O‘yin qoldirilishi kerak edi. Bunday sharoitda o‘ynamaslik kerak», - deydi Zidlan.

Ma’lumot uchun, «Real» ushbu natijadan keyin 37 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar