O'zbek Ўзбекча
«Ufa» bosh direktori: «O‘runov – juda kuchli futbolchi. Uni bajonidil qaytargan bo‘lardik»
Yakshanba, 10 Yanvar
4363

«Ufa» klubi bosh direktori Rinat Shaybekov «Spartak» yarimhimoyachisi Oston O‘runovni ortga qaytarishga tayyorligi haqida gapirdi.

«Oston O‘runov masalasida «Spartak» bilan muzokara olib borayotganimiz yo‘q. U bilan xorij klublari ham qiziqish bildirayotgan ekan, u chindanam juda kuchli futbolchi. Biz uni bajonidil qaytargan bo‘lardik, ammo buning uddasidan chiqishimiz qiyin.

Fikrimcha, «Spartak» Oston O‘runovni biz so‘raydigan narxga qo‘yib yubormaydi. Uni normal narxda sotib olish huquqi bilan ijaraga olish imkoniyati bo‘lsa, bu transfer biz uchun qiziqarli bo‘lardi. Ammo bu masalada biz klub va uning agenti bilan gaplashganmiz, bu borada hammasi oson emas.

O‘runov Yevropaga o‘ynab keta oladimi? Yevropa – katta joy. Balki bu Bolgariya yoki Sloveniya bo‘lar, ehtimol Angliya yoki Ispaniya. Bu uning qayerga yo‘l olishiga bog‘liq», - deydi «Ufa» bosh direktori Metaratings.ru muxbiri bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, avvalroq Oston O‘runovga «Rubin» klubi qiziqish bildirgani, ammo Moskva klubi o‘zbekistonlik 20 yoshli yarimhimoyachi uchun 6 million yevro so‘raganidan keyin muzokara to‘xtagani haqida xabar qilingandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar