O'zbek Ўзбекча
Messi jarimadan urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘tib ketdi 
Yakshanba, 10 Yanvar
7098

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liganing 18-turidan o‘rin olgan «Granada» (4:0) bilan o‘yinda dublga erishdi. Kataloniyaliklar sardori ikkinchi to‘pini jarima zarbasidan kiritdi.

Opta Sport'ning yozishicha, argentinalik 33 yoshli futbolchining faoliyati davomida jarimadan urgan gollari 48taga yetdi va u ushbu ko‘rsatkich borasida «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduni (47) ortda qoldirdi.

Shuningdek, Messi Ispaniya chempionati tarixida qatorasiga 15ta mavsumda kamida 10tadan to‘p kiritgan birinchi o‘yinchiga aylandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar