Ispaniya chempionatining 18-turida «Real» safarda «Osasuna»ni mag‘lub eta olmadi. Bellashuvda hisob ochilmadi.
Durangdan so‘ng «Real» 37 ochko bilan 2-o‘rinda, «Osasuna» 15 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.
La Liga, 18-tur
Osasuna – Real 0:0
9 yanvar, «El Sadar»
Osasuna – Errera, David Garsiya, Xuan Krus, Vidal, Aridane, Monkayola, Oyer Sanxurxo, Inigo Peres, Roberto Torres, Ruben Garsiya (Xoni Rodriges, 77), Kaleri (Budimir, 78).
Real – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Modrich (Isko, 75), Azar (Mariano Dias, 75), Kroos, Asensio (Valverde, 66), Benzema.