O'zbek Ўзбекча
Lempard: «Javobgarlikdan qo‘rqqanimda murabbiy emas, TVda ekspert bo‘lardim»
Shanba, 09 Yanvar
2321

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard iste’foga chiqarilishi haqidagi gap-so‘zlarga javob qaytardi.

«Odamlarning fikridan farqli o‘laroq, men nima qilayotganimni juda yaxshi bilaman. Yurishni o‘rgangan vaqtimdayoq futbol o‘ynashni boshlaganman, 20 yildan ko‘proq vaqt davomida professional futbolchi sifatida to‘p surdim. O‘shanda ham hozirgidek ko‘proq ishlaganman. 

Menga ham mag‘lub bo‘lish yoqmaydi. «Manchester Siti» bilan o‘yinda jamoam shu kuni bizdan yaxshiroq o‘ynagan raqibga mag‘lub bo‘ldi. Ammo mag‘lubiyat alamini o‘yinning ertasidayoq unutganman va seshanba kunidan vaziyatni o‘nglash uchun yana ishga kirishgandim. 

Agar chaqiruvni qabul qilmay, javobgarlikdan qo‘rqqanimda murabbiy emas, TVda ekspert sifatida osonroq ishni tanlashim mumkin edi. Ammo boshqalar nima qilayotganligini sharhlab o‘tirishni istamadim. Chunki buni istalgan vaqtimda qila olishim mumkin. Ammo bu ish bilan shug‘ullanmoqchi emasman, meni hozirda faqat «Morkam»ga qarshi kubok uchrashuvimiz o‘ylantirmoqda», - deya Lempardning so‘zlarini keltirgan The Guardian.

Ma’lumot uchun, Angliya kubogi 1/32 final bosqichi doirasidagi «Chelsi» — «Morkam» o‘yini 10 yanvar, yakshanba kuni o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar