Germaniya chempionatining 15-turini boshlab bergan markaziy bahsda «Borussiya» M o‘z uyida peshqadam «Bavariya»ni qabul qilib, 2ta to‘p farqini yo‘qqa chiqardi va irodali g‘alabaga erishdi.
Shunday qilib Myunxen klubining 20 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi. Hans-Diter Flik jamoasi so‘nggi bor 3 oy avval, sentyabr oyi oxirida «Hoffenhaym»ga (1:4) yutqazgandi.
«Bavariya» mag‘lubiyatga qaramay, 33 ochko bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Ammo 9 yanvar kuni ikkinchi o‘rindagi «Leypsig» (31 ochko) Dortmundning «Borussiya»sidan ustun kelsa, Myunxen klubini ortda qoldiradi.
Bundesliga, 15-tur
Borussiya M – Bavariya 3:2
8 yanvar, «Borussiya-Park»
Gollar: Hofmann (36, 45), Noyhaus (49) –Levandovski (20), Goretska (26).
Borussiya M – Zommer, Layner, Ginter, Elvedi, Bensebayni (Yanchke, 89), Zakariya (Herrmann, 74), Hofmann (Vendt, 89), Kramer, Noyhaus, Shtindl (Volf, 82), Embolo.
Bavariya – Noyer, Pavar, Alaba, Zyule, Devis, Duglas Kosta (Koman, 68), Goretska, Kimmix, Myuller, Levandovski, Sane.
Ogohlantirishlar: Ginter (62), Zyule (63).