O'zbek Ўзбекча
«Atletiko» – «Atletik» o‘yini Madriddagi qorbo‘ron tufayli qoldirildi
Shanba, 09 Yanvar
1934

La Liga 18-turi doirasida bugun, 9 yanvar kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan «Atletiko» – «Atletik» uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi.

La Liga Madriddagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli o‘yinni qoldirishga qaror qilgan. Qorbo‘ron tufayli o‘yinni tashkil etish uchun optimal sharoitlarni yaratishning iloji yo‘q deb topildi. Uchrashuvning yangi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Avvalroq, «Atletik»ning samalyoti kuchli qorbo‘ron tufayli Madridga qo‘na olmay, Bilbaoga qaytib ketgani haqida xabar qilingandi. Ispaniya poytaxtida 20 santimetr qalinlikdagi qor yog‘ishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar