Italiya chempionatining 17-turida «Jenoa» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qilib, Zays va Destroning gollari evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 80 daqiqa davomida harakat qildi va jamoasining birinchi golida qatnashdi.
«Jenoa» ochkolarini 14taga yetkazib, 17-o‘ringa ko‘tarildi va «xavfli hudud»ni tark etdi. 17 ochkosi bor «Bolonya» esa 12-o‘rinda qoldi.
A Seriya, 17-tur
Jenoa — Bolonya 2:0
9 yanvar, «Luidji Ferraris»
Gollar: Zays (44), Destro (55).
Jenoa – Perin, Krishito (Gilone, 46), Masello, Bani, Dzappakosta, Badel, Radovanovich, Zays, Behrami (Ebong, 46; Lerager, 74), Shomurodov (Pyatsa, 81), Destro (Melegoni, 86).
Bolonya – Anjelo, Tomiyasu, Pas (Poli, 81), Larangeyra, Xiki (Deyks, 60), Sxauten (Barrou, 60), Dominges, Orsolini (Olsen, 74), Soriano, Vinyato, Palasio (Rabbi, 82).
Ogohlantirishlar: Radovanovich (66), Gilone (87).