O'zbek Ўзбекча
«Real» yarimhimoyachisi «Xetafe»ga ijaraga berildi
Juma, 08 Yanvar
5004

«Real» yarimhimoyachisi Takefusa Kubo «Xetafe»ga ijaraga berildi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Joriy mavsumda ijara asosida «Vilyarreal»da to‘p surgan Takefusu Kubo Madrid klubiga qaytarilgandi. Marca’ning yozishicha, yaponiyalik futbolchi Unai Emeri ishonchiga kira olmagach, murabbiy Kuboni «Real»ga qaytarishga qaror qilgan. Natijada madridliklar rahbariyati Kuboni mavsum yakuniga qadar «Xetafe»ga ijaraga berdi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Takefusu 2019 yilda «Tokio»dan erkin agent sifatida «Real»ga o‘tgandi. So‘nggi mavsumda ijara asosida «Malorka»da to‘p surgan futbolchi 35 o‘yinda 4ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Joriy mavsumda esa «Vilyarreal» safida 13 o‘yinda maydonga tushgan. Transfermarkt yaponiyalik yarimhimoyachini 20 million yevroga baholagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar