O'zbek Ўзбекча
Oston O‘runov «Spartak»ning BAAdagi yig‘inida qatnashadi
Juma, 08 Yanvar
4315

«Spartak» hujumchisi Aleksandr Kokorin va yarimhimoyachi Oston O‘runov jamoaning Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etadigan qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.

«Sport-Ekspress» nashrining yozishicha, bosh murabbiy Domeniko Tedesko 14-24 yanvar kuni Dubayda tashkil etiladigan ushbu yig‘inga jamoaning ushbu ikki futbolchisini ham ro‘yxatga qo‘shgan.

Avvalroq, Kokorin qishki transfer oynasida «Sochi»ga qaytishi mumkinligi, Oston O‘runovga «Rubin» va «Ufa» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, «Paxtakor» klubi ham 21 yanvardan Dubayda yig‘in boshlashi va «Spartak»ka qarshi nazorat bahsi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov joriy mavsumda «Spartak» safida 9 o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar