O'zbek Ўзбекча
«Andijon» uch nafar legioneridan 30 ming AQSH dollar qarzdorligini uzdi
Juma, 08 Yanvar
3820

«Andijon» jamoasiga qarzdorliklar uchun transfer taqiqi qo‘yilgan edi. Jamoa rahbariyati bugun, 8 yanvar kuni uch nafar sobiq futbolchi oldidagi qarzdorlikni bartaraf etgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«2019 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan ukrainalik darvozabon Vitaliy Mirniydan jamoamiz 14.000 AQSH dollari miqdorida qarzdorlik bor edi. Bugun klub rahbariyati ko‘rsatilgan summaning barchasini Mirniyga to‘lab berdi va futbolchi bilan klub orasida hech qanday muammo qolmadi.

O‘tgan mavsumda jamoamiz safida to‘p surgan yana ikki legioner futbolchilar Dmitro Zozulya va Artyom Litvyakovdan ham qarzdorliklar bor edi. Klub rahbariyati ushbu futbolchilarga 8 ming AQSH dollardan to‘lab, ularning masalasini xam hal qildi. Qarzdorliklar to‘lanishi davom etmoqda», - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Andijon» klubi avvalgi mavsumlar uchun bir qator futbolchilardan qarzdor ekanligi sababli PFL ushbu klubga nisbatan transfer taqiqini qo‘ygandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar