O'zbek Ўзбекча
«Paxtakor» ikki futbolchi bilan xayrlashdi
Payshanba, 07 Yanvar
15086

«2020 yil jamoamiz sharafini himoya qilgan ikki futbolchining shartnomasi yakuniga yetgani sababli hamkorlik to‘xtatildi», - deya xabar bermoqda «Paxtakor» matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, jamoani ikki yarimhimoyachi Sadriddin Abdullayev va Javohir Siddiqov tark etgan.

«Sadriddin Abdullayev uzoq yillik tanaffusdan keyin qadrdon jamoasiga qaytib, ikki mavsum mobaynida «sherlar» safida to‘p tepdi. Jarohatlar sababli ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan Sadriddin 22 bahsda maydonga tushdi.

Javohir Sidiqov so‘nggi ikki mavsumda jami 33 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol muallifiga aylandi. Har ikki o‘yinchiga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi ishlariga omad tilab qolamiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Abdullayev 2018 yilda «Lokomotiv»dan «Paxtakor»ga o‘tgan bo‘lsa, Siddiqov «Qo‘qon-1912» klubidan amaldagi chempion safiga kelib qo‘shilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar