O'zbek Ўзбекча
Arteta «Arsenal»ning qishki transfer oynasidagi dastlabki transferini e’lon qildi
Payshanba, 07 Yanvar
18771

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Berlinning «Herta» klubi futbolchisi Omar Rekikning transferini tasdiqladi.

«Biz ushbu iqtidorli yosh futbolchini uzoq vaqtdan buyon kuzatib kelayotgandik. «Arsenal»da uni yorqin kelajak kutib turganiga ishonamiz», - deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda Mirror.

19 yoshli Rekik 2017 yilda «Herta» jamoasiga kelib qo‘shilgan. Asli tunislik futbolchi «Marsel», PSV, «Manchester Siti» va «Feyenoord» klublarining yoshlar jamoasida to‘p surgan. Niderlandiya fuqaroligini olgan himoyachi Bundesligada birorta ham o‘yin o‘tkazmagan.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» APL 17-turidan keyin 23 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar