O'zbek Ўзбекча
O‘zbekiston milliy jamoasining Yamanga qarshi o‘yini Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda
Chorshanba, 06 Yanvar
7333

JCH-2022 saralash 2-bosqichi doirasidagi O‘zbekiston milliy jamoasining Yamanga qarshi uchrashuvi joyi o‘zgarishi kutilmoqda.

Tribuna.uz manbasining xabar berishicha, O‘zbekiston milliy jamoasining yamanliklar bilan o‘yini taqvimda ko‘rsatilganidek safarda emas, Toshkentda o‘tkazilishi deyarli hal bo‘lgan. Osiyo futbol konfederatsiyasi ham o‘yinni Toshkentda o‘tkazilishiga ruxsat bergan. O‘zbekiston va Yaman futbol assotsiatsiyalari bu borada rozilik xatini imzolashi kutilmoqda. O‘FA uchrashuvni tashkil etish borasidagi xarajatlarni o‘z bo‘yniga olishga qarshi emas. O‘yin 30 mart kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi 5-turidan keyin «D» guruhida 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 2-o‘rindagi Saudiya Arabistoni hisobida 8 ochko mavjud.

Ma’lumot uchun, har bir guruhdan 1-o‘rin egalari hamda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 2-o‘rindagi 4 jamoa, jami 12 milliy jamoa saralashning yakuniy bosqichiga yo‘llanma oladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar