O'zbek Ўзбекча
Arteta: «G‘alaba – eng yaxshi dori. Endi yangi tarix boshlandi»
Chorshanba, 30 Dekabr
2941

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 16-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga (1:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Natijalar bilan bog‘liq muammolarimiz borligini bilamiz. «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alaba katta turtki bo‘ldi. Bugun ham g‘alaba qozonish juda muhim edi.

Yigitlar bilan faxrlanaman va natijadan mamnunman. Lyakazett yaxshi holatda, unda o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori. 

Ikkinchi bo‘limda o‘zgartirishlar orqali jamoani yangilamoqchi edik. Ikkinchi taymda ancha ishonchli  ko‘rindik va hujumkor o‘ynadik. G‘alabalar – eng yaxshi dori. Endi yangi tarix boshlandi, boshqa dunyo. Hozir hammasi yaxshi holatda», – deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi VVS.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» ochkolarini 20taga yetkazib, 13-o‘ringa chiqib oldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar