Armaniston futbol federatsiyasi 2020 yil yakunlariga ko‘ra mamlakatning eng yaxshi o‘yinchisini e’lon qildi.
G‘oliblik 133 ochko to‘plagan «Roma» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryanga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni «Astana» xavbeki Tigran Barsegyan (79), uchinchi pog‘onani «Jilina» a’zosi Vaan Bichaxchyan (25) egalladi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Mxitaryan ushbu sovrinni 10-marta qabul qilib oldi.