O'zbek Ўзбекча
«Spartak» Oston O‘runov uchun «Rubin»dan 6 million yevro so‘ragan
Chorshanba, 23 Dekabr
5157

Moskvaning «Spartak» klubi Oston O‘runov uchun Qozonning «Rubin» jamoasidan qancha transfer puli talab qilgani ma’lum bo‘ldi.

Metaratings.ru’ning xabar berishicha, Moskva klubi dastlabki muzokaralarda «Rubin» taklifini rad etib, Oston O‘runovni qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘zbekistonlik yarimhimoyachi uchun 6 million yevro transfer puli so‘ragan. Natijada «Rubin» bu transferdan voz kechishga qaror qilgan.

Avvalroq, «Spartak» klubi yozda Oston O‘runov uchun «Ufa»ga 1,5 million yevro transfer puli to‘lagani haqida xabar berilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar