O'zbek Ўзбекча
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sanasi e’lon qilindi
Chorshanba, 23 Dekabr
6891

FIFA tomonidan Qatarda o‘tkazilishi e’lon qilingan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlari sanasi e’lon qilindi.

Musobaqaning ochilish marosimidan o‘rin olgan bahs 1 fevral sanasida belgilanib, Qatarning «Duhayl» va Yangi Zelandiyaning «Oklend Siti» jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Bahs yaqinda ochilish marosimi o‘tkazilgan Dohadagi «Ahmad bin Ali» o‘yingohida o‘tkaziladi. Final bahsi esa 11 fevral kuni «Edyukeyshn Siti» arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Turnirda UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi «Bavariya», KONKAKAF chempioni Meksikaning «Tigres UANL», Afrika Chempionlar ligasi g‘olibi Misrning «Al-Ahli», Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibi Janubiy Koreyaning «Ulsan Hyonde» klublari ishtirok etadi. Janubiy Amerika qit’asi sharafini himoya qiladigan klub yanvar oyi so‘nggida o‘tadigan Libertadores kubogi finalidan keyin aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga 2021 yilning 19 yanvar kuni FIFAning Syurixdagi qarorgohida qur’a tashlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar