O'zbek Ўзбекча
«Ximnasiya» stadioniga ham Maradona nomi berildi
Yakshanba, 20 Dekabr
2504

La-Platadagi «Ximnasiya» klubining stadioni 25 noyabr kuni vafot etgan argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning nomi bilan ataladigan bo‘ldi.

Endilikda stadion «Uniko de Syudad de La-Plata Diyego Armando Maradona» deb nomlanadi. 

Ma’lumot uchun, Maradona vafotiga qadar aynan «Ximnasiya» klubi bosh murabbiyi edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Napoli»ning «San-Paolo» arenasi Maradona sharafiga uning nomiga o‘zgartirilgandi.

Shuningdek, La-Plata arenasidagi tribunalardan biriga 2020 yil 8 dekabrda vafot etgan Argentina milly jamoasining sobiq bosh murabbiyi Alexandro Sabelyaning nomi berildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar