O'zbek Ўзбекча
Sud Maradonaning jasadini krematsiya qilishni taqiqlab qo‘ydi
Juma, 18 Dekabr
5477

Argentina sudi marhum futbolchi Diyego Maradonaning jasadi yaqin orada krematsiya qilinmasligi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu qaror uning DNKsi otalikni o‘rnatish ishi bo‘yicha talab etilishi mumkinligi bilan bog‘langan.  

1986 yilgi jahon chempioni bo‘lgan Maradona 25 noyabrda 60 yoshida vafot etdi. Afsonaviy futbolchi 26 noyabrda poytaxt Buenos-Ayres yaqinidagi qabristonda dafn etildi.

Maradonaning o‘limidan keyin uning yaqinlari marhum futbolchining ko‘p millionlik merosi uchun kurashni boshlashgan. Maradona qoldirgan merosga uning 5 nafar tan olingan va bir necha nafar tan olinmagan farzandlari kurash olib bormoqda. Tan olinmagan farzandlar Maradona ularning otasi ekanini isbotlashga harakat qilishmoqda. Otalikni o‘rnatishda esa marhum futbolchining DNK namunalari talab etilishi mumkin. Shu sababli futbolchining jasadi yaqin orada krematsiya qilinmasligi lozim. 

Sud qarorni chiqarishda Maradonaning advokatlari marhumning DNK namunalari borligini aytishlariga qaramay, ularga quloq solmagan.

Jumladan, 25 yoshli Magali Gil Maradonaning qizi ekanini ta’kidlamoqda. U otalikni o‘rnatish maqsadida futbolchining DNK namunalarini tahlil qilish talabi bilan sudga murojaat qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar