Rossiya chempionatining 19-turida «Krasnodar» o‘z maydonida «Ufa»ni qabul qilib, Bergning goli evaziga ketma-ket uchinchi g‘alabasiga erishdi.
Moskvaning «Lokomotiv» klubi esa mehmonda «Ximki» bilan bahsning so‘nggi daqiqalarida ikki gol o‘tkazib yuborib, alamli mag‘lubiyatga uchradi.
«Krasnodar» ochkolarini 30taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Lokomotiv» 28 ochko bilan 8-o‘ringa tushdi.
RPL, 19-tur, 17 dekabr
Krasnodar – Ufa 1:0
Gol: Berg (22).
Krasnodar – Gorodov, Chernov, Martinovich, Sorokin, Smolnikov, Kabella, Gazinskiy (Olsson, 67), Vilena (Ionov, 77), Klasson (Kambolov, 85), Vanderson (Suleymanov, 77), Berg.
Ufa – Belenov, Yokich (Borodin, 48), Suxov, Danchenko, Mrzlyak, Sisuyev, Kamilov, Alikin, Nikitin, Jamaletdinov (Golubev, 87), Krotov.
Ximki – Lokomotiv 3:2
Gollar: Koryan (26, penalti), Kuxarchuk (85), Dolgov (90+3) – Krixovyak (15), Serkeyra (37).
Ximki – Lantratov, Danilkin, Filin, Logashov, Tixiy, Troshechkin, Mogilevets, Kuxarchuk, Koryan (Dolgov, 65), Konate, Dyadyun (Tixonov, 65).
Lokomotiv – Kochenkov, Ribus, Serkeyra, Raykovich, Ignatev (Ribchinskiy, 80), Kulikov, Krixovyak, Magkeyev (Kamano, 89), Miranchuk, Jivoglyadov, Lisakovich (Eder, 76).