FIFA 2020 yilning eng yaxshi murabbiyi nomini ma’lum qildi.
The Best mukofoti «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppga nasib etdi.
Nemis mutaxassisi qo‘l ostida Mersisayd klubi o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida zafar quchdi.
Sovringa da’vogarlar orasida Marselo Belsa («Lids», Argentina) va Hans-Diter Flik («Bavariya», Germaniya) ham bor edi.