O'zbek Ўзбекча
OFK 2021 yilgi xalqaro turnirlar uchun litsenziya olgan O‘zbekiston klublarini e’lon qildi 
Chorshanba, 16 Dekabr
10304

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida kelasi yilgi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun litsenziya olgan klublar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, OFK Chempionlar ligasi-2021da ishtirok etish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan O‘zbekiston klublari 7tani tashkil etadi.

Bular: «Paxtakor», «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Navbahor», «Metallurg», OKMK, «So‘g‘diyona».

«Superligada 2-o‘rinni olgan Qarshining «Nasaf» klubi esa OCHL emas, OFK kubogi-2021 musobaqasida ishtirok etish uchun litsenziya ola bilgan.

Nufuz jihatidan yuqorida turuvchi OCHL uchun litsenziya olgan klub agar musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa, OFK kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Qayd etish joiz, OFK bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashish uchun klub sport mezonlari bo‘yicha sovrindor bo‘lishi va shu bilan bir qatorda litsenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim sanaladi», - deyiladi PFL xabarida.

Teglar

O'xshash yangiliklar