O'zbek Ўзбекча
Federer, Ronaldu va Messi – 2020 yilda eng ko‘p daromad olgan mashhurlar qatorida
Seshanba, 15 Dekabr
8155

Shveysariyalik tennischi Rojer Federer 2019 yilning yozidan 2020 yilning yoziga qadar bo‘lgan davrda eng ko‘p daromad olgan mashhurlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egalladi, deya yozmoqda «Forbes» nashri.

Katta shlem turnirlarining 20 karra g‘olibi bu muddat ichida 106,3 million AQSH dollari ishlab topgan. Tennischi bu borada faqatgina taniqli tadbirkor Kayli Jenner ($ 590 mln) va mashhur musiqachi Kane Uestdan ($ 170 mln) ortda qolgan.

Ro‘yxatning 4-5-o‘rinlaridan esa futbolchilar - Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi joy olgan. «Yuventus»ning portugaliyalik goleadorining daromadi 105 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, «Barselona» hujumchisi 104 million dollar ishlab olgan.

Shuningdek, top-o‘nlikdan braziliyalik forvard Neymar ($ 95,5 mln) va amerikalik basketbolchi Lebron Jeyms ($ 88,2 mln) joy olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar