O'zbek Ўзбекча
«O‘runov yoshga o‘xshaydi, ammo u 4-5 yoshga katta». «Spartak» sobiq futbolchisi Ostonning 19 yoshda ekaniga shubha bildirdi
Dushanba, 14 Dekabr
14318

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq futbolchisi, hozirda SKA klubi bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Sergey Yuran «Spartak» direktori lavozimini tark etayotgan Shamil Gazizovning Oston O‘runovni Moskva klubiga taklif etgani haqida fikr bildirib, o‘zbekistonlik futbolchining 19 yoshda ekaniga shubha qildi.

- Gazizov «Ufa»dan taklif etgan futbolchi yoshga o‘xshaydi, ammo hamma biladiki, u 4-5 yoshga katta. 

– Oston O‘runov pasportda ko‘rsatilgan yoshidan kattami?

- Endi, O‘zbekistonda... Aslini olganda, bu sir emas. Eshitganlarimdan kelib chiqsam, hammasi aniq ko‘rinib turibdi, - deydi Yuran «Match Premer» telekanali efirida.

Ma’lumot uchun, Oston O‘runov 2000 yilning 19 dekabr kuni tug‘ilgan. 19 yoshli futbolchi «Spartak»ka o‘tganga qadar O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar, milliy jamoalari hamda «Navbahor», «Lokomotiv» va «Ufa» klublarida to‘p surgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar