Rossiya Premer-ligasi 18-turi doirasida yana ikki uchrashuv nihoyasiga yetdi.
SSKA Moskvada «Ural» bilan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani qo‘ldan chiqargan bo‘lsa, «Rostov» Chechenistonda «Axmat»dan minimal hisobda ustun keldi.
Durangdan keyin SSKA 34 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Rostov» 32 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi.
RPL. 18-tur. 13 dekabr
SSKA – Ural 2:2
Gollar: 1:0 – 12 Shkurin, 1:1 – 31 Yegorichev, 2:1 – 61, penalti Vlashich, 2:2 – 89 Kalinin.
SSKA – Akinfeyev, Shennikov, Magnusson, Fernandes, Vasin, Oblyakov, Zaynutdinov (Chalov, 63), Dzagoyev (Bistrovich, 79), Vlashich, Edjuke (Tiknizyan, 79), Shkurin.
Ural – Pomazun, Kalinin, Gerasimov, Kulakov, Augustinyak, Mishkich, Yegorichev (Shabolin, 87), El-Kabir, Yefremov (Yevseyev, 83), Yovichich, Pogrebnyak.
Chetlatish: Pogrebnyak (48), Shkurin (90).
Axmat – Rostov 0:1
Gol: 0:1 – 82 Tugarev.
Axmat – Sheliya, Bogosovats, Nenaxov (Aduyev, 88), Putsko, Bыstrov, Ismael, Xarin (Polyarus, 58), Berisha, Timofeyev (Adamov, 88), Nijich, Ilin (Sadulayev, 70).
Rostov – Pesyakov, Aleesami, Osipenko, Terentev, Xajikadunich, Bayramyan (Almkvist, 64), Normann, Tugarev, Yeremenko (Suxomlinov, 64), Gigovich, Poloz (Obuxov, 90).