Rossiya chempionatining 18-turida «Spartak» safarda «Sochi»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Noboaning goli mezbonlarga 3 ochko taqdim etdi. Moskvaliklar safida o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Oston O‘runov 84-daqiqada maydonga tushdi va 10 daqiqa davomida harakat qildi.
«Sochi» ochkolarini 30taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. «Spartak» esa 35 ochko bilan hozircha 2-pog‘onada turibdi.
Turning yana bir bahsida autsayder «Rotor» o‘z maydonida «Ufa»ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
RPL, 18-tur, 12 dekabr
Sochi – Spartak 1:0
Gol: Noboa (57).
Sochi – Janayev, Terexov, Margasov, Mevlya, Sallagov, Joaozino (Zaika, 72), Noboa, Novoselsev, Yusupov (Prutsev, 84), Mammana, Duganjich (Zabolotniy, 57).
Spartak – Maksimenko, Jikiya, Maslov, Jigo, Ayrton, Zobnin, Mozes, Kral (Umyarov, 61), Bakayev (O‘runov, 84), Larsson (Kutepov, 70), Ponse.
Rotor – Ufa 1:0
Gol: Mullin (78).
Rotor – Chondrich, Kojemyakin, Stepanov, Gogua, Makarov, Aleynik, Jigulev, Davitashvili (Serchenkov, 89), Kipiani (Mullin, 46), Flamarion, Mikeltadze (Pesegov, 80).
Ufa – Belenov, Pliyev, Tabidze, Danchenko, Mrzlyak, Sisuyev (Yokich, 76), Kamilov (Golubev, 57), Nikitin, Morozov, Jamaletdinov, Krotov.
Chetlatish: Morozov (73).