O'zbek Ўзбекча
Rummenigge: «Holand «Bavariya»ga kerak emas, bizda Levandovski bor»
Payshanba, 10 Dekabr
2821

«Bavariya» klubi boshqaruv raisi Karl-Xayns Rummenigge «Borussiya» forvardi Erling Holand haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Holand «Bavariya»ga kerak emas. Axir bizda Levandovski bor. 

Erling – maxluqdek baquvvat. U juda ko‘p gollar urmoqda. U Golden Boy sovrinini ham haqli tarzda yutdi», – deydi Rummenigge Tuttosport bilan intervyuda.

Avvalroq, Rummenigge Robert Levandovski 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani, «Oltin to‘p» polshalik futbolchiga topshirilsa adolatdan bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar