O'zbek Ўзбекча
Temur Kapadze «Lokomotiv» bilan xayrlashdi
Chorshanba, 09 Dekabr
6967

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi «Lokomotiv» - OKMK (0:3) uchrashuvidan keyin «temiryo‘lchilar» uchun navbatdagi futbol mavsumi yakuniga yetdi.

«Bugun, 9 dekabr kuni klub qarorgohida «Lokomotiv» PFK rahbariyati jamoa a’zolari bilan uchrashib, yakuniga yetgan mavsum haqida o‘z fikrlarini bildirdi va keyingi rejalar borasida kichik yig‘ilish tashkil etildi. 

Bu mavsum «temiryo‘lchilar» uchun oson o‘tmadi. O‘ziga xos sinovli yil bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Jamoamiz ayniqsa birinchi davradan keyin murakkab holatga tushib qolgandi. Shu bois vaziyatni o‘nglash hamda jamoani yuqori o‘rinlarga ko‘tarish maqsadida ikkinchi davra oldidan murabbiylar shtabiga Temur Kapadze taklif etildi. 

Ikkinchi davrani Andrey  Miklyayev - Timur Kapadze juftligi qo‘l ostida o‘tkazgan «Lokomotiv» ijobiy natijalar qayd etdi. Bunda albatta Temur Tohirovichning mehnati katta ekanini aytmasak bo‘lmaydi. Shu bois bugungi yig‘ilishda Temur Kapadzega klubimiz rahbariyati tomonidan ehtirom ko‘rsatildi.

Yosh murabbiy uchun OKMKga qarshi bahs «Lokomotiv» murabbiyi sifatida oxirgi o‘yin bo‘ldi. Endilikda Temur Tohirovich bor e’tiborini O‘zbekiston U-19 jamoasiga qaratadi. Xabaringiz bor, kelasi yil mart oyida U-19 Osiyo chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi va yoshlar jamoamizni mazkur musobaqaga Temur Kapadze tayyorlaydi», - deyiladi klub rasmiy saytida.

Ma’lumot uchun, «Lokomotiv» klubi Superliga joriy mavsumini 35 ochko bilan 9-o‘rinda yakunladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar