O'zbek Ўзбекча
O‘zbekiston kubogi. «Mash’al» qo‘shimcha bo‘limdagi gollar evaziga «Sho‘rtan»ni mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi
Seshanba, 08 Dekabr
1599

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi yana bir uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

«Mash’al» esa o‘z maydonida «Sho‘rtan»ni qabul qildi. Uchrashuvda hisobni G‘uzor klubi vakillari ochgan bo‘lsa-da, muborakliklar asosiy vaqtda hisobni tenglashtirishdi. 

Qo‘shimcha bo‘limlarda esa muborakliklar forvardi Sherzod Temirov dublga erishib, «Mash’al»ga chorakfinalga yo‘llanma keltirdi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
«Mash’al» - «Sho‘rtan» - 3:1
Hakam
: Firdavs Norsafarov (Qarshi)
Gollar: Asadbek Jo‘raqulov 79, Sherzod Temirov 103, 106 - Shokir Yo‘ldoshev 43.
«Mash’al»: 30. Shoxruh Eshbo‘tayev, 11.Mo‘min Meliyev, 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydulloyev, 19. Sardor Abduraimov, 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukrullayev, 27. Sardorbek Eminov, 44. Husniddin Mahmudov, 71. Muhriddin Rasulov, 76.Abdumalik Norqobilov (10.Sherzod Temirov, 65).
«Sho‘rtan»: 16. Akmal Rahimov, 14. Shokir Yo‘ldoshev, 17. Elyor Omonjonov, 19. Sherbek Eshmurodov, 24. Bekzod Suvonov, 27. Islom Shodmonov, 28. Sanjar To‘raqulov, 34. Shahboz Jo‘rayev, 57. Shaxobiddin Samadov, 77. Salohiddin Sanaqulov, 85. Asadbek Samariddinov.

Teglar

O'xshash yangiliklar