O'zbek Ўзбекча
Maradona har oyda 50ta oilaga 2 ming yevrodan pul berib kelgani ma’lum bo‘ldi
Dushanba, 07 Dekabr
7196

 Futbol yulduzi har oyda qarindoshlari va tanishlariga 10 mln argentina pesosi (100 ming yevro) miqdorida pul jo‘natib turgan.

 Diyego Maradonaning o‘limidan so‘ng u xayriya maqsadlari uchun katta pul sarflagani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda  America TV. Futbol yulduzi har oyda qarindoshlari va tanishlariga 10 mln argentina pesosi (100 ming yevro) miqdorida pul jo‘natib turgan.

 Diyego shu tarzda, Argentina va mamlakat tashqarisidagi 50ta oilani qo‘llab-quvvatlab kelgan.

Jurnalistlarning yozishicha, hozirda bu oilalar har oylik moddiy ko‘makdan mahrum bo‘lishgan, chunki Maradonaning vafotidan so‘ng uning barcha hisobraqamlari muzlatib qo‘yilgan.

 Afsonaviy futbolchi 25 noyabrda 60 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. U poytaxt yaqinida joylashgan Tigr shahridagi uyida miyasida o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasidan keyin tiklanayotgan bo‘lgan.  

 26 noyabrda prezident qarorgohida Maradona bilan vidolashish marosimi bo‘lib o‘tgan. Futbolchi Buenos-Ayres yaqinidagi qabristonda ota-onasi qabrlari yoniga dafn etildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar